Mart oyida O‘zbekistonda biznes muhiti yaxshilandi

Mart oyida O‘zbekistonda biznes muhiti yaxshilandi

📱2023 yildan boshlab O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan Trading Economics axborot portalida e’lon qilinadi.

📊 Mart oyida biznes muhiti indeksi fevral oyiga nisbatan 4 punktga oshib, 60 punktni tashkil etdi, bu esa tadbirkorlarning faolligi yanada kengayganidan dalolat beradi.

📈Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi ijobiy dinamika biznes muhitini yaxshilashga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Qishloq xo‘jaligida biznes muhiti ko‘rsatkichi bir oy ichida 20 punktga oshdi, sanoatda esa 2 punktga o‘sdi.

➡️Xizmat ko‘rsatish sohasida - korxonalarning taxminan 80% kelgusida biznesning o‘sishini kutayotganganligini bildirgan.
➡️O‘tgan oyga nisbatan biznesning hozirgi holati indeksi 6 bandga ko‘tarilib, 44 taga etdi.
➡️Biznesning istiqboldagi kutilmalari indeksi 2 band o‘sib, 77 bandga yetgan.

📊Mart oyida kutilmalardagi ijobiy qarashlarning saqlanganligi kelgusi 3 oyda ham iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendensiya davom etishini bildiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!