Marokashda 100 million yil oldin yashagan spinozavrlarning tishlari qoldiqlari topildi

Marokashda 100 million yil oldin yashagan spinozavrlarning tishlari qoldiqlari topildi

Portsmut universiteti olimlari Afrikaga ekspedisiya paytida mingdan ziyod spinosaurus (Spinosaurus aegyptiacus) tishlarini topdi.

O‘lchami 15 metrgacha va vazni olti tonnagacha bo‘lgan bu ulkan yirtqich, taxminan 100 million yil oldin zamonaviy Sahro hududida yashagan. Cretaleous Research ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi marta uning asosan suvda yashaganligi haqida dalillar paydo bo‘ldi.

Ma’lumki, dinozavrlar davrida Afrika cho‘llari butunlay boshqacha ko‘rinishga ega edi – u ko‘plab suv havzalari va zich o‘simlik bilan qoplangan bo‘lgan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, spinozavrlar ko‘pincha suvda vafot etgan va suyaklari daryo cho‘kmalariga aylangan. Bu suvda yashovchilar uchun odatiy holdir.

Ilgari dinozavrlar faqat quruqlikdagi jonzotlar deb o‘ylanilar edi. Ammo, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ularning ba’zilari haqiqiy “daryo hayvonlari” ekan.

Afrikadagi daryolarda spinozavrlarning «qo‘shnilari» koelakantlar, arra baliqlari, timsohlar va boshqa ba’zi sudralib yuruvchilar bo‘lgan. Ilgari Ispaniyada qadimiy timsohning qoldiqlari topilgani haqida xabar berilgan edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!