Marmar va ohaktoshlarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi

Marmar va ohaktoshlarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ozg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.S.” MCHJ mas’ul shaxslari “Marmarobod” MFY hududidagi marmar konidan tegishli ruxsatnoma olmasdan 3 020 kub hajmdagi marmar toshlarini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 694,8 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.G.” MCHJ mas’ul shaxslari “Turatau-2” konidan MCHJ belgilangan hududdan tashqarida 3 178 kub hajmdagi ohaktoshni o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 143 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!