Gandbolchilarimiz Osiyo qit’asi bosqichiga yo‘llanma olishdi

Gandbolchilarimiz Osiyo qit’asi bosqichiga yo‘llanma olishdi

Joriy yilning 22-26 iyun kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida gandbol bo‘yicha U 18 o‘smirlar va U 20 yoshlar jamoalari o‘rtasida Xalqaro gandbol federasiyasi kubogi turnirining 3-Osiyo mintaqasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘zaro bellashishdi. Quvonarlisi, musobaqaning ikki yosh toifasida ham mamlakatimiz gandbolchilari shohsupaning chempionlik pog‘onasiga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lishdi. Buning evaziga O‘zbekiston U 18 va O‘zbekiston U 20 terma jamoalarimiz Xalqaro gandbol federasiyasi kubogi turnirining Osiyo qit’asi bosqichida qatnashish sharafiga muyassar bo‘lishdi.

U-18 birinchiligi. 1-o‘rin. O‘zbekiston. 2-o‘rin. Qozog‘iston. 3-o‘rin. Turkmaniston.
U-20 birinchiligi. 1-o‘rin. O‘zbekiston. 2-o‘rin. Qozog‘iston. 3-o‘rin. Pokiston.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!