Markaziy Osiyodagi eng katta masjid oktyabr oyida ochilishi kutilmoqda

Markaziy Osiyodagi eng katta masjid oktyabr oyida ochilishi kutilmoqda

2019 yil oktyabrda Tojikiston poytaxtida Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochilishi kutilmoqda. Dushanbeda qad ko‘tarayotgan ushbu masjidda bir vaqtda 120 mingga yaqin kishi namoz o‘qishi mumkin.

Masjid qurilishi 2009 yil oktyabrida boshlangan. Uning loyihasi tojikistonlik va qatarlik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan.  Masjid har biri 75 metr balandlikka ega 4 ta minoraga ega. Shuningdek, unda 47 metrlik bosh gumbazdan tashqari, yana 20 ta kichikroq gumbaz bor.

Jome’ masjidi Dushanbening shimolidagi 12 gektar maydonda joylashadi. Masjid bilan birgalikda bu yerda kutubxona, muzey va anjumanlar zali qurilmoqda.

Masjid loyihasi 100 mln dollarga baholangan. Ta’kidlanishicha, uning qurilishi Qatar hukumati tomonidan moliyalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!