Marg‘ilon shahrida 1 kg 800 grammdan ziyod giyohvand moddalarni saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Marg‘ilon shahrida 1 kg 800 grammdan ziyod giyohvand moddalarni saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 24 iyul kuni, Marg‘ilon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, 1973 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, Chorchinor mahallasida yashovchi X.F.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ekin maydonida 5 tup agrotexnik ishlov berilgan, marixuana giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simliklarni ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, xonadonida 354 gramm “nasha” hamda 1 kg 450 gramm ko‘knori giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi ham aniqlanib, daliliy ashyolar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!