Mamarizo Nurmurodov: "1000 so‘mlik qayta qog‘oz shaklida chiqarilmaydi"

Mamarizo Nurmurodov: "1000 so‘mlik qayta qog‘oz shaklida chiqarilmaydi"

1000 so‘mlik banknota tanga shakliga o‘tkazilsa, foydalanishga qulay bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.

Aytilishicha, kelgusida 1000 so‘mlik qog‘oz shaklida yoki yangi banknota ko‘rinishida muomalaga chiqarilmaydi.

«1000 so‘mlikni qayta qog‘oz shaklida chiqarmoqchi emasmiz. Biz uni avval tanga pul shaklida chiqarganmiz. Ming afsuski, aholimiz tangadan kam foydalanyapti. Eng ko‘p qo‘llaniladigan pul belgilaridan biri bu — 500 va 1000 so‘mlik tangalar hamda 2000 so‘mlik pulimizdir. Shuning uchun ham 1000 so‘mlikni to‘laligicha tanga shakliga o‘tkazmoqchimiz. Bu bir tomondan muomalani tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirsa, ikkinchidan foydalanishga juda qulay bo‘ladi», — dedi Mamarizo Nurmurodov.

Markaziy bank raisining ta’kidlashicha, eski namunadagi pullarni sekin-asta, tabiiy yo‘l bilan yangilariga almashtirib boriladi.

«Eski kupyura bankka kelganidan keyin qaytib bankdan chiqmaydi. U tabiiy yo‘l bilan keladi va o‘rniga yangi kupyura muomalaga kiritiladi. Bunda almashish jarayoni bo‘ladi», dedi tashkilot rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!