Lukashenko yana konstitusiyani o‘zgartirmoqchi

Lukashenko yana konstitusiyani o‘zgartirmoqchi

Aleksandr Lukashenko qarori bilan joriy yilning 27 fevral kuni Belarus konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi.

Mamlakat prezidentining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ovoz berishga mo‘ljallangan byulletenda birgina savol bo‘ladi: “Belarus konstitusiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini qabul qilasizmi?”. Referendumni o‘tkazish bo‘yicha qaror u rasman e’lon qilinganidan 10 kun o‘tib, kuchga kiradi.

Lukashenko imzolagan qarorda referendum doirasida konstitusiyaga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar keltirilgan. Xususan, Belarus hukumati konstitusiyaga bir kishi Belarus prezidenti lavozimiga ikki muddatdan ortiq saylanmasligi to‘g‘risidagi o‘zgartirishni kiritishni taklif qilmoqda. Hozircha bu borada hech qanday cheklov yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti Aleksandr yangi konstitusiya loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilishini aytgandi.

Unga ko‘ra, konstitusiya o‘zgartiriladigan bo‘lsa, mamlakatdagi boshqaruv tizimi ham shunga muvofiq qayta quriladi.

2020 yil avgust oyida Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan edi. MSK saylov yakunida 80 foizdan ko‘proq ovoz bilan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozonganini e’lon qilgan. Saylov kuni mamlakatda bir necha oyga cho‘zilgan ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan.

Saylov natijalari soxtalashtirilgani da’vosi bilan ko‘chaga chiqqan fuqarolar harbiylar va boshqa xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!