Lukashenko tez orada Belorussiya prezidentligidan ketishga tayyor

Lukashenko tez orada Belorussiya prezidentligidan ketishga tayyor

Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko tez orada davlat rahbari lavozimini tark etishga tayyorligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u jurnalistlarni aniq sanalar haqida taxmin qilmaslikka chaqirdi.

Lukashenko ko‘pchilik, hatto uning tarafdorlari va yaqinlari ham endi prezidentlikka nomzodini qo‘ymaslikni maslahat berishganini ta’kidladi.

Belorussiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u agar muxolifat hokimiyatga kelsa, respublika parchalana boshlashidan xavotirda. Shuning uchun, voris haqidagi savol uning uchun "eng qiyin" dir.

Lukashenko ishonch bilan aytadiki, respublika yangi avlod strategiyasini aniqlashda yaxshi tajribaga ega bo‘lgan keksa avlodni "chetga tashlamasligi" uchun "avlodlar muvozanatini" saqlashi kerak. Shuningdek, mamlakatda ikkilamchi hokimiyat bo‘lmasligi kerak.

"Milliy majlis hukumatda, prezidentdan ustun bo‘lmasligi kerak", deb tushuntirdi u.

"Belorussiya xalqi kimni tanlasa, prezident bo‘ladi. Men bu holatda qanday pozisiyani egallashimni hal qilmadim. Rostini aytsam, men bu haqda o‘ylayapman", deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!