"Lukashenko Belarusdan qochishga majbur bo‘ladi"

"Lukashenko Belarusdan qochishga majbur bo‘ladi"

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Belorus Prezidenti Aleksandr Lukashenko haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Lukashenko hokimiyatni saqlab qololmaydi va oxir-oqibat qochishga majbur bo‘ladi.

“Belarus Lukashenko rejimini tugatishga tayyor. U o‘z xalqiga xiyonat qildi va butun mamlakat unga qarshi isyon ko‘tardi. Belarusda norozilik namoyishlari Lukashenko uchun intihoning boshlanishidir. Uning o‘zi buni tushunadi. U qancha vaqt bardosh beradi — bir hafta, bir oy, bir yil... Lukashenko, baribir, mamlakatdan qochishga majbur bo‘ladi", — deb yozadi u.

Avvalroq, Lukashenko mamlakatning qulashiga yo‘l qo‘ymasligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!