Lukakuning kelajagi noaniqligicha qolmoqda

Lukakuning kelajagi noaniqligicha qolmoqda

Manbaga ko‘ra, mavsum avvalida “Inter” “Chelsi”dan sotib olish huquqisiz ijaraga olgan belgiyalik hujumchi Lukakuning keyingi taqdiri haqida hanuz yakuniy javob aytilmagan.

Jamoalar 11 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi finalidan keyin bu borada harakat boshlashi kutilmoqda. Lukaku esa “Inter”da qolmoqchi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” va hujumchi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning iyuniga qadar tuzilgan. U bu mavsum “Inter” safida 24 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!