Londonda yahudiyni bezovta qilgan kishini muslima ayol to‘xtatib qoldi

Londonda yahudiyni bezovta qilgan kishini muslima ayol to‘xtatib qoldi

London metrosida yahudiy kishini bezovta qilgan va yahudiylarga qarshi gaplar gapirgan kishini to‘xtatib qolgan musulmon ayol ijtimoiy tarmoqlarda olqish oldi. Bu haqda IslamNews xabar bermoqda.

Britaniya poytaxtidagi metro vagonlaridan birida olingan videoda yo‘lovchilardan biri o‘zini tajovuzkor tutgan holda ikki bolasi bilan ketayotgan yahudiyga qo‘pol munosabatda bo‘lganini ko‘rish mumkin. U o‘zining nasroniy ekanini aytar ekan, yahudiylar haqida haqoratli so‘zlarni gapirgan.

Shunda Asmo ismli muslima bu holatga aralashib, antisemitning xatti-harakati noto‘g‘ri ekanini ta’kidlab, yahudiy odamning yonida bolalari borligini eslatdi.

“Musulmon va ona sifatida e’tiqodi uchun hujumga uchrash nimaligini bilaman. Xuddi shunday hodisa yana bir bolali oila bilan yuz berayotganini ko‘rib, shunchaki tomosha qilib turolmadim”, – dedi Asmo jurnalistlar bilan suhbatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!