Lempard Kanada milliy jamoasi taklifini rad etdi

Lempard Kanada milliy jamoasi taklifini rad etdi

Frenk Lempard Kanada milliy jamoasini boshqarishdan bosh tortdi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, «Chelsi»ning sobiq futbolchi va murabbiyi AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati oldidan mezbonlar bosh murabbiyligiga nomzod edi.

Biroq muzokaralardan so‘ng Lempard bu taklifni rad etdi, chunki u Kanada milliy jamoasida ishlashni murabbiylik faoliyatini davom ettirish uchun qulay imkoniyat deb hisoblamadi.

Frenkning so‘nggi ish joyi «Chelsi» bo‘lgan. Angliyalik mutaxassis Grem Potter iste’foga chiqarilganidan keyin 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lib ishlagandi.

Lempard o‘tgan oy Braziliya va Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari oldidan Angliya milliy jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!