Lavrov Misr tashqi ishlar vaziri bilan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qildi

Lavrov Misr tashqi ishlar vaziri bilan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdel Ati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini muhokama qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda .

Vazirlar telefon orqali muloqot chog‘ida mintaqadagi keskinlikni yumshatish masalasini muhokama qildilar. «Suhbat chog‘ida Falastin-Isroil mojarosi zonasida tezroq o‘t ochishni to‘xtatish va mintaqadagi vaziyatni umumiy tarzda yumshatish zarurligiga urg‘u berilgan holda, Yaqin Sharqda yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, Moskva va Qohiraning Yaqin Sharq muammolarining butun majmuasi bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishga doimiy e’tibor qaratilishi tasdiqlandi», — deyiladi TIV xabarida.

Suhbat Misr tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi. Vazirlar ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan faol aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!