Kun kulgisi!.. (16-qism)

Kun kulgisi!.. (16-qism)

Er gazetada qaysidir mashhur aktrisa sportchiga turmushga chiqqani haqidagi xabarni o‘qib xotiniga dedi:

— Nega qayoqdagi anqov, ahmoq erkaklarga dunyoning eng go‘zal qizlari uchraydi-a?

Xotin eriga mehr bilan boqib dedi:

— Rahmat, azizim!

 

* * *

 

Er xotiniga dedi:

— Jonim, iltimos menga uchta so‘z aytgin, xursandligimdan yettinchi osmonda yurganday bo‘lay!

— Marhamat, arqon shkafda.

 

* * *

 

Xotin:

— Dadasi, men to‘satdan o‘lib qolsam, nima qilardingiz?

— Nima qilardim? Dafn etardim.

— Keyin-chi?..

— Keyinmi?.. Umid qilamanki, keyin meni oqlashadi.

 

* * *

 

Xotin:

— Dadasi, baliqlar dunyodagi eng noshud, ahmoq jonzot emish. Shu rostmi?

— Rost, o‘zimning baliqcham, rost!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!