Kun kulgisi!.. (14-qism)

Kun kulgisi!.. (14-qism)

Piyodalar o‘tish joyida mashina piyodani urib ketdi. Haydovchi jabrlanuvchining tepasiga yugurib keldi-da, dedi:

— Omadingiz bor ekan. Men vrachman!

Piyoda sekin boshini ko‘tarib javob qildi:

— Sizning esa omadingiz yo‘q ekan. Men advokatman.

 

* * *

 

Yigit shiftga qarab nola qilardi:

— Taqdir, hoy taqdir! Menga aqlli, go‘zal, meni butun borlig‘i bilan sevadigan, «osmondagi oyni olib ber» deb xarxasha qilmaydigan, quchganimda hadeb o‘zini taroziga solavermaydigan qizni hadya et!

Internet bir siltandi-da, monitorda quyidagi javob paydo bo‘ldi:

«Sizning so‘rovingiz bo‘yicha hech narsa topilmadi.»

 

* * *

 

Xotin:

— Uyqusizlik jonga tegdi. Bu kechayam ertalabgacha ko‘z yummadim, dadasi!

Er:

— IYE, shunaqami? Meniyam uxlamasin deb atayin xurrak otganmiding hali?

* * *

Rahbarning rashkchi xotini o‘ziga yangi kotiba izlayotgan eriga dedi:

— Yosh, sohibjamol, jozibali qizni topishni xayolingizgayam keltirmang! Undan ko‘ra oilali, o‘rta yashar, semiz, hatto tushingizdayam sizni o‘ziga rom qila olmaydigan ayolni toping!

— Shunaqami? Xo‘p, u holda dushanbadan ishga chiqaverishing mumkin


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!