Messi Argentinaning eng rasvo o‘yinchisini kimligini aytdi

Messi Argentinaning eng rasvo o‘yinchisini kimligini aytdi

“Inter Mayami” yulduzi Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi eng yaqin do‘stlari kimligi va ularning o‘ziga xosliklari haqida gapirib berdi.

- Nikolas Otamendi terma jamoadagilar orasida eng zo‘r kiyinadigan futbolchi. Anxel di Mariya mate ichimligini zo‘r tayyorlaydi. Jamoamizda eng intizomsizi Rodrigo De Paul bo‘ladi, - dedi Lionel Messi.

Ayni paytda argentinaliklar Amerika kubogi chempionlik unvonini himoya qilmoqda.

Argentina terma jamoasi qit’a chempionatida 15 marotaba g‘olib chiqqan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Urugvay bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!