Kreditlar uchun o‘rtacha foiz stavkalari pasaydi, omonatlar uchun esa o‘zgarmadi

Kreditlar uchun o‘rtacha foiz stavkalari pasaydi, omonatlar uchun esa o‘zgarmadi

2023 yilning fevral oyida aholiga ajratilgan so‘mdagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari 0,2 foizga tushib, 22,8 foizni tashkil qildi.

Biznes vakillariga ajratilgan kreditlar esa 0,4 foizga o‘sgan — o‘rtacha 21,9 foiz. Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirgach, martda ham aholiga beriluvchi kreditlarning o‘rtacha stavkasi pasayishi kutilmoqda.

O‘tgan oy fuqarolar uchun ajratilgan omonatlarning foiz stavkalari yanvarga nisbatan o‘zgarmadi va 2023 yilda 20,5 foiz darajasida saqlanib qolmoqda.

Kompaniyalar uchun foiz stavkalari esa o‘rtacha 0,1 foizga pasaygan va 16,6 foiz atrofida shakllangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!