Koronavirusga chalinganlarni aniqlash va yangilash bo‘yicha qo‘llanma yangilandi

Koronavirusga chalinganlarni aniqlash va yangilash bo‘yicha qo‘llanma yangilandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “COVID-19” bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalarning oltinchi nashri tasdiqlanib, joylarga yetkazilmoqda (qo‘llanmaning o‘zbek va rus tillaridagi to‘liq matni bilan vazirlikning rasmiy sayti orqali tanishish mumkin). 

Shu o‘rnida ushbu qo‘llanmani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga ko‘shimcha ravishda kardiolog, pulmonolog va pediatr kabi mutaxassislar ham kiritilganini ta’kidlash joiz. 

Shuningdek, koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan muassasalarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot hodimlari, jumladan, reanimatologlar ham qo‘llanmani ishlab chiqishda bevosita ishtirok etishdi. 

Unda aks etgan ko‘rsatmalar, avvalo, tez tibbiy yordam va umumiy amaliyot shifokorlari, yuqumli kasalliklar hamda bolalar yuqumli kasalliklari bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, terapevt, pediatr, pulmonolog, otorinolaringolog, kardiolog, nevrapotolog, akusher-ginekolog, reabilitasiya terapevti, sog‘liqni saqlash tashkilotchilari va hamshiralar foydalanishi ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, qo‘llanmada koronavirusga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan nodavlat tibbiyot muassasalari xodimlari uchun ham muhim ma’lumotlar berilgan.

Mazkur yangilangan nashrdagi “COVID-19” tasdiqlangan yoki pnevmoniya kasalligiga shubha qilingan bemorni aniqlash va davolash jarayoni sxemalashtirib, sodda shaklda ochib berilgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!