Koronavirus: Yaponiyada rekord va "uchinchi to‘lqin" boshlandi

Koronavirus: Yaponiyada rekord va "uchinchi to‘lqin" boshlandi

Payshanba kuni Yaponiyada koronavirus yuqtirishning 1,660 ta yangi holati tasdiqlandi, bu joriy yil boshidan buyon rekord ko‘rsatkich, deya xabar berdi Kyodo news. 

Mutaxassislar koronavirus tarqalishining «uchinchi to‘lqini» deb atashmoqda.

Viruslarga qarshi kurash qo‘mitasining yig‘ilishidan so‘ng Yaponiyaning koronavirus jiddiy choralar bo‘yicha vaziri Yasutoshi Nishimura «infeksiya tarqalishi yozdagi ko‘rsatgichga yaqinlashdi» deb ogohlantirdi.

Avvalroq, butun mamlakat bo‘yicha kunlik antirekord (1597 ta holat) 7 avgustda o‘rnatilgan edi. Mutaxassislar infeksiyaning ko‘payishini sovuq ob-havo bilan izohlashmoqda. Yaponiya tibbiyot birlashmasi rahbari Tosio Nakagava so‘nggi holatni koronavirusning uchinchi to‘lqini deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!