Koronavirus va karantin: Bir guruh harbiylarga navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi

Koronavirus va karantin: Bir guruh harbiylarga navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi

Bugun o‘zbek xalqi dunyo xalqlari qatori sinovli damlarni boshidan kechiryapti. Hamma yerda uyda qolishga chorlovlar bo‘layotgan bir vaqtda erta-yu kech o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajarayotgan insonlar borligi har qanday kishida iftixor tuyhusini uyg‘otishi shubhasiz. 

Ayni damda Toshkent shahar Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli 1-son klinik shifoxanasida karantinga olingan yurtdoshlarimiz Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy xizmatchilar tomonidan qat’iy intizom va tartib asosida muhofaza qilinmoqda.

Shunday mas’uliyatli damlarda harbiy xizmatchilarning ruhiyatini ko‘tarish, ularning o‘z kasbiga bo‘lgan mehrini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Chirchiq shahridagi harbiy qism komandiri polkovnik Ismoil Qurbonov xizmat vazifasini sidqidildan o‘tayotgan bir qator shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarga Mudofaa vaziri hamda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni nomidan navbatdagi harbiy unvonlarni tantanali topshirdi. Polkovnik Ismoil Qurbonov 15 nafar harbiy xizmatchiga xizmat joyining o‘zida navbatdagi harbiy unvonlarni topshirar ekan, bugungi sinovli damlarda o‘z sadoqat va vatanparvarligini namoyon etayotgan o‘g‘lonlar nomiga yuksak ishonch bildirdi, ularga ulkan zafarlar tiladi.

Ushbu quvonchli lahzalar harbiy xizmatchilarga ular xizmat o‘tayotgan yerning o‘zida topshirilgani bilan ham esda qoladigan bo‘ldi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!