Koronavirus! Tramp hamon ahmoqona fikrda

Koronavirus! Tramp hamon ahmoqona fikrda

AQSh prezidenti Donald Tramp, mamlakatning Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchini vahimachi deb atadi va ular o‘rtasidagi munosabatlar hali ham yaxshi ekanligini aytdi. Amerika rahbari bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"U biroz vahimachi odam. Hammasi yaxshi, aslida. U biroz vahimachi. xolos”, – dedi Tramp.

U hali ham yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis bilan yaxshi munosabatda bo‘lganligini qo‘shimcha qildi, ammo uning murojaatidagi koronavirus borasidagi fikrlarni rad etdi. Fauchi AQShning koronavirusga qarshi kurash tizimini tanqid qilgandi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda kasallar sonining rekord darajada o‘sishi "dunyodagi eng yaxshi sinov tizimi" bilan bog‘liq va turli shtatlarda infeksiyani nazorat qilish samaradorligi gubernatorlarning samaradorligiga qarab farq qiladi.

Hozirda AQShda 3,7 milliondan ortiq koronavirus holatlari mavjud. 140 mingdan ortiq bemor vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!