Koronavirus! Rekord yangilandi, qancha bemor o‘ta og‘ir ahvolda?

Koronavirus! Rekord yangilandi, qancha bemor o‘ta og‘ir ahvolda?

Afsuski, shu yilning 13 iyul kuni mamlakatimizda 594 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 272 nafari karantin muassasalarida, 322 nafari aholi orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri va Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 178 nafar fuqaro sog‘aydi.
 
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 13591 nafar bemordan 8030 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5498 nafar bemordan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 51 555 nafar, stasionar karantinda esa 23 860 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!