Koronavirus davosi: Deksametazon o‘lim darajasi kamayganini ko‘rsatgan birinchi preparat

Koronavirus davosi: Deksametazon o‘lim darajasi kamayganini ko‘rsatgan birinchi preparat

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Buyuk Britaniyaning koronavirusga chalingan og‘ir bemorlarni deksametazondan foydalanib davolash borasidagi tadqiqotini «ilmiy yutuq» deb atadi.

«Bu sun’iy nafas oldirish apparatiga ulash va kislorod yordami talab etilgan "COVID-19"ga chalingan bemorlarning o‘limi darajasi kamayganini ko‘rsatgan birinchi preparatdir», — deydi tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, deksametazonning qo‘llanilishi sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan bemorlar o‘lim darajasini uchdan bir qismga, kislorod niqobida bo‘lgan bemorlarda esa bu ko‘rsatkichning 20 foizga kamaytirishga yordam berganini ko‘rsatgan.

«Buyuk Britaniya hukumati, Oksford universiteti, kasalxonalar va hayotni saqlab qoluvchi ushbu ilmiy yutuqqa hissa qo‘shgan bemorlarni tabriklayman», — deya qo‘shimcha qilgan u.

Deksametazon bu — o‘tgan asrning 60 yillaridan beri yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida foydalanib kelinadigan steroid. U onkologiyada ham qo‘llaniladi. Tashkilotning qayd etishicha, ushbu dori vositasining ijobiy ta’siri faqat kasallikning og‘ir bosqichida bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan.

Hozircha Oksford universiteti tadqiqotchilari preparatning dastlabki natijalarini oshkor etdi. Yaqin kunlarda JSST COVID-19’ni davolash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini yangilash uchun to‘liq hisobotni kutmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!