Kogon shahrida 10-sinf o‘quvchilari sovuq havoda dars vaqtida ko‘ylakda maktab hovlisida nima qilishayotgandi?

Kogon shahrida 10-sinf o‘quvchilari sovuq havoda dars vaqtida ko‘ylakda maktab hovlisida nima qilishayotgandi?

Mazkur holat mutaxassislar tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, joriy yilning 17 yanvar kuni 10-sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiya darsiga formasiz kelganligi haqida o‘qituvchi N.Choriyev maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.Muqimovaga bildirgi orqali murojaat qilgan. 
Direktor o‘rinbosari o‘quvchilardan holat yuzasidan yozma tushuntirish so‘ragan. O‘quvchilar qog‘oz olish maqsadida maktab hovlisida joylashgan do‘konga chiqqan.  
10-sinf o‘quvchisi Firdavs Ravshanov  mazkur holatni telefonda videoga olib,tasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Firdavs Ravshanov bilan suhbatlashilganda, ushbu holatni ota-onalar majlisida muhokama qilinishidan qo‘rqib amalga oshirganligini va qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga yetarli e’tibor qaratmaganligi uchun direktor o‘rinbosari G.Muqimova, sinf rahbari X.Ergasheva, o‘qituvchi N.Choriyevga belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!