Kobuldagi stadionda kriket o‘yini vaqtida portlash sodir bo‘ldi

Kobuldagi stadionda kriket o‘yini vaqtida portlash sodir bo‘ldi

Afg‘oniston OAVlari Kobul xalqaro stadionida kriket musobaqalari vaqtida portlash sodir bo‘lganini xabar qilmoqda.

“Bugun kriket maydonida yuz bergan portlashda bir kishi halok bo‘ldi va 12 kishi jarohat oldi”, — deya xabar berdi Aamaj News tibbiyot muassasasi vakiliga tayanib.

Portlash haqida Birlashgan Millatlar Tashkilotining axborot resurslarida ham xabar berilgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 16:10 atrofida “Band-e-Amir Dragons” va “Pamir Zalmi” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin chog‘ida poytaxtning Chaman Xozori tumanidagi Kobuldagi Xalqaro kriket stadioni tribunasida portlash sodir bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Bu haqda tashkilot sayti xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!