Kimlarga ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha uy beriladi?

Kimlarga ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha uy beriladi?

Quyidagi fuqarolarga jon boshiga o‘rtacha oylik daromadi eng kam ish haqidan past bo‘lgan taqdirda ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladi:

ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari va baynalmilalchi jangchilar;

ofiserlar va muddatdan tashqari xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan harbiy xizmatchilar;

kasallikning og‘ir shakllariga chalingan fuqarolar, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha;

16 yoshgacha 7 va undan ziyod bolalari bo‘lgan ko‘p bolali oilalar;

chin yetim bolalarni vasiylikka olgan oilalar;

uch va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar;

ishlamaydigan I va II guruh nogironlar;

keksayib qolgan yolg‘iz pensionerlar;

bolalikdan nogiron bo‘lib qolgan 16 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogiron bo‘lib qolgan bolalari bo‘lgan oilalar;

birinchi marta qurilgan yosh oilalar, agar ular yashab turgan joyda ikki tomonlama turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilsalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!