Kim Chen In yuzlab yetim bolalarni konda majburan ishlatganlikda ayblanmoqda

Kim Chen In yuzlab yetim bolalarni konda majburan ishlatganlikda ayblanmoqda

Shimoliy Koreyada bir necha yuz nafar yetim bola go‘yo konlarda ko‘ngilli bo‘lib ishlash istagini bildirgan.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, shu yo‘l bilan bolalar "partiyaga muhabbat ko‘rsatishga" qaror qilishgan, deb yozadi KCNA Markaziy davlat axborot agentligi.

Hukumatning ta’kidlashicha, bu bolalar "o‘zlarining yoshlik davrida aql-idrok va jasorat ko‘rsatib, davlat foydasi uchun jismoniy mehnatni tanladilar".

Inson huquqlari faollari KXDR rasmiylarini bolalar mehnatidan majburan foydalanishda ayblashdi, ammo mamlakat rahbari Kim Chen In hamma narsa ixtiyoriy ravishda amalga oshirilayotganini aytmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!