Kikboksing bo‘yicha besh karra Yevropa chempioni o‘z uyida jonsiz topildi. Aslida nima bo‘lgan edi?

Kikboksing bo‘yicha besh karra Yevropa chempioni o‘z uyida jonsiz topildi. Aslida nima bo‘lgan edi?

Kikboksing bo‘yicha Yevropaning besh karra chempioni, rossiyalik Diana Karateeva 16 sentyabr kuni Abakan shahridagi o‘z uyida jonsiz holda topilgani haqida turli xabarlar tarqalgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning vafot etishiga uglerod oksididan zaharlanish sabab bo‘lgan. Marhumaning onasi Olga Karateevaning aytishicha, Diana ovqatlanish uchun gazni yoqib, uxlab qolgan. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, uyg‘ongach esa xonadan chiqishga kuch topa olmay, vafot etgan.

23 yoshli Diana bir qator xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan edi.

Uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!