Keyingi yildan faqat davlat granti uchun kvotalar e’lon qilinadi

Keyingi yildan faqat davlat granti uchun kvotalar e’lon qilinadi

2023 yilgi qabuldan OTMlarning to‘lov-kontrakt asosidagi kvotalarini belgilashdan voz kechiladi. Bu OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasida belgilangan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2023/2024 yildan boshlab barcha davlat OTMlariga davlat buyurtmasi parametrlari faqatgina davlat grantlari bo‘yicha tasdiqlanadi.

To‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlari oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.

Qayd etilishicha, 2026 yilgacha oliy ta’lim bilan qamrovni 50 foizga yetkazish belgilangan.

Joriy yilgi qabulda OTMlarning yo‘nalishlari kesimida ajratilgan kvotalar bilan qaror loyihasining to‘liq matni orqali tanishish mumkin.

Loyiha muhokamasi 1 iyungacha davom etadi.

Sizning “O‘zbekistondagi elektron tijorat saytlarining sifati va jozibadorligi a’lo darajada” fikriga munosabatingiz?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!