Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 70 dan oshdi

Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 70 dan oshdi

Keniyada kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlari qurbonlari soni 70 kishidan oshdi.

Keniya vise-prezidenti Rigati Gachagua jurnalistlarga tabiiy ofat 130 ming kishining hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini aytdi.

Sharqiy Afrika shtati poytaxti Nayrobida butun mahallalar suv ostida qolgan, qator magistral yo‘llar harakatlanish uchun yopilgan.

Keniya temir yo‘llari butun mamlakat bo‘ylab shaharlararo poezdlar qatnovini to‘xtatganini e’lon qildi.

Tanzaniya, Burundi va Kongo Demokratik Respublikasi kabi davlatlar ham kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinidan jabr ko‘rdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!