Kechgi tabassum!.. (24-qism)

Kechgi tabassum!.. (24-qism)

Yangi o‘zbekning bolasi otasiga dedi:

— Dada, aylanishga ketayapman, pul bering!

— Bor, shkafda turibdi, olaver!

— Qancha olay?

— Ikki santimetr yetar?..

* * *

Yaqinda gapiradigan kir yuvish mashinasini ishlab chiqarishdi. U quyidagi tartibda ishlaydi:

— Kiyimlarni ichimga soling! Rahmat!.. IYE, ko‘ylak yoqasiga lab bo‘yog‘i qayerdan tega qoldi!.. Maqsuda-a-a-a-a!.. Eringning ko‘ylagi yoqasiga begona ayolning lab bo‘yog‘i tegib qolibdi!..

* * *

Yo‘lovchi styuardessadan so‘radi:

— Nega uchuvchilaringiz chap yelkalari osha tupurib qo‘yishdi?

— Oldimizdan qora mushuk o‘tib ketdi.

— IYE, osmonda mushuk qayerdan paydo bo‘ldi?

— O‘zga sayyoradan kosmonavtlar tashlashibdi.

* * *

Chukchalarga yashash uchun vagon sovg‘a qilishdi. Bir oydan keyin qanday yashayotganlarini bilish uchun tashrif buyurib qarashsa, hammalari bir bo‘lib vagonni u yoqdan-bu yoqqa sudrab yurishibdi. Ularning biridan buning sababini so‘rashganda, u shunday javob berdi:

— Hojatxona eshigiga «Vagon to‘xtab turganda hojatxonadan foydalanmang» deb yozib qo‘yishgan ekan. Shuning uchun bir-birimizga yordam berib yotibmiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!