Karate WKF: o‘zbekistonlik sportchilar oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi

Karate WKF: o‘zbekistonlik sportchilar oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi

O‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatda oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu haqida Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.

Qozog‘istonda karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. Musobaqada qit’aning eng kuchli yosh karate ustalari o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda.

Musobaqaning birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi. Unda sportchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal: -54 kg: Mohinur Teshaboyeva, -61 kg: Saida Musaxonova

Kumush medal: -70 kg: Bekzod Zoirov

Bronza medal:-52 kg: Humoyunmirzo Halimov, -57 kg: Isomiddin Karimov, +70 kg: Sardor Bahromov, -47 kg: Diyora Po‘latova, Abdulaziz Rasulov (kata)

Osiyo Chempionati 8 noyabrga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!