Karantindan so‘ng insonlar bir-biridan yanada uzoqlashadimi?

Karantindan so‘ng insonlar bir-biridan yanada uzoqlashadimi?

«Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin davri, ehtimolki, odamlarni ko‘proq hissiyotlarga beriluvchan qilib qo‘yadi», deydi oilaviy psixoterapevt, Britaniya Oila terapiyasi assosiasiyasi rahbari Rene Singx.

Buyuk Britaniyada karantin ikki haftadan ko‘proq vaqtdan beri davom etmoqda: odamlar faqat oziq-ovqat, dori-darmon, uy hayvonlarini piyoda sayr qildirish va qisqa jismoniy mashqlar uchungina o‘z uylarini tark etishlari mumkin. Oraliq ikki metr masofani saqlash tavsiya etilmoqda, ikkitadan ko‘proq odamning uchrashuvlari, do‘stlar va hatto qarindoshlar bilan ko‘rishish ham taqiqlangan.

"Odamlar karantindan keyin yana bir-birlariga yaqinlashishliklari qiyinmi yoki yo‘qmi degan savol to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf darajasiga bog‘liq. Agar ular qayta yuqtirish ehtimoli bor deb hisoblasalar, shubhasiz, quchoqlashish, qo‘l berib ko‘rishishdan qochishadi”, - dedi Singx RIA Novostiga bergan intervyusida.

U karantin haqida gapirganda, "ijtimoiy masofa" emas, "jismoniy masofa" atamasiga rioya qilishni to‘g‘ri deb ta’kidlamoqda.

"Gap shundaki, biz avvalgidan ko‘ra ko‘proq ijtimoiymiz, shunchaki aloqa onlayn tarzda bo‘lmoqda. Men oilalar va jamoalar tomonidan ko‘rsatilayotgan moslashuvchanlikdan, odamlar ushbu o‘ta og‘ir paytlarda bir-birlarini qanday qo‘llab-quvvatlayotganlari ko‘rib hayratda qoldim. Bu bizga yordam beradimi? Albatta, vaholanki, ushbu hodisa oila a’zolar, do‘stlar, qarindoshlar va boshqa odamlar bilan yaqinlashish uchun bu davr bo‘ldi ", deydi terapevt.

U karantin paytida erishilgan odamlar o‘rtasidagi yaqinlikning yangi darajasi jismoniy aloqada namoyon bo‘lmasligini ta’kidladi, ammo yaxshi ishlarda, shu bilan bir-biriga, yaxshi tilaklar bildirishda, o‘z navbatida musiqa yoki san’at asarlariga bo‘lgan qiziqishning ortishida katta rol o‘ynashini qo‘shimcha qildi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!