Kapadze: "Ispaniya bilan o‘yinda biz raqibdan kuchsiz emasdik"

Kapadze: "Ispaniya bilan o‘yinda biz raqibdan kuchsiz emasdik"

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Ispaniya olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘yinni yodga oldi.

"Ispaniyaning oxirgi o‘yinlarini tahlil qildik. Albatta o‘ziga yarasha kamchiliklarimiz ham bo‘ldi. O‘yinga qo‘ygan strategiyamiz yaxshi ishladi, ayniqsa, birinchi bo‘limda ish berdi. Lekin ikkinchi bo‘limda Ispaniyaga imkoniyat berdik.

Ularga qarshi to‘g‘ri pressing qilib, imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Bu o‘yindan keyin jamoa bilan ularning va o‘zimizning o‘yinimizni tahlil qildik. Biz o‘sha kuni raqibdan kuchsiz emasdik, eng kamida durang qayd etishimiz mumkin edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!