Jurnalist o‘limi: 18 kishi qo‘lga olindi, 5 kishi lavozimidan ozod etildi

Jurnalist o‘limi: 18 kishi qo‘lga olindi, 5 kishi lavozimidan ozod etildi

Avvalroq, Saudiya Arabistoni bosh prokurori saudiyalik jurnalist Jamol Xoshxojiyning o‘limi haqida rasman ma’lum qilgani hamda buning ortidan Saudiya Arabistoni Umumiy razvedka xizmati rahbarining o‘rinbosari general Ahmad Asiriy hamda podshohning maslahatchisi Saud al-Qahtoniy ishdan bo‘shatilgangani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumotlarga qaraganda, jurnalistning o‘limi sabab yana uch davlat amaldoriga “chiqish eshiklari ko‘rsatilgan”. Hozircha mazkur davlat amaldorlari kimlar ekani haqida xabar berilgani yo‘q.

Bundan tashqari, jurnalistning o‘limida gumon qilinayotgan 18 saudiyalik qo‘lga olingan. Ular ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!