JSST "yangi" cho‘chqa grippi haqida ma’lumot berdi

JSST "yangi" cho‘chqa grippi haqida ma’lumot berdi

JSSTning favqulodda dasturi direktori Maykl Rayanning aytishicha, "yangi" cho‘chqa grippi allaqachon ma’lum bo‘lgan.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda aniqlangan shtamm 2016 yilgi Yevroosiyo cho‘chqa grippiga tegishli, deb yozadi RIA Novosti. U JSST virusni o‘rganish bo‘yicha Xitoy bilan ishlashni intizorlik bilan kutayotganini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, xitoylik olimlar G4 cho‘chqa grippining yangi shtammi pandemiyaga olib kelishi mumkinligini aytishdi. Ularning aytishicha, virus parranda grippi va 2009 yilda pandemiya keltirib chiqargan va kamida 20 ming odamning o‘limiga olib kelgan H1N1 cho‘chqa grippining aralashmasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!