JSST: dunyoda COVID-19 dan 3 milliondan ortiq bemor vafot etdi

JSST: dunyoda COVID-19 dan 3 milliondan ortiq bemor vafot etdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 140 million 322 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  shundan 3 million 003 mingdan ziyod kishi vafot etgan (18.04.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 14:35 holatiga ko‘ra). 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 809 004 yangi holati aniqlandi.
11 481 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (19.04.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 13:20 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 141 million 438 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 020 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:
AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 31,250 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. 
– Ikkinchi o‘rinda Hindiston (14,788 milliondan ortiq), 
– uchinchi o‘rinda Braziliya (13,832 milliondan ortiq), 
– to‘rtinchi o‘rinda Fransiya  (5,178 milliondan ortiq), 
– beshinchi o‘rinda esa Rossiya (4,702 milliondan ortiq). 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 73 697, Hindistonda 261 500, Braziliyada 85 774, Fransiyada 34 218, Rossiyada esa 8 632 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Joriy yilning 18 aprel holatiga ko‘ra dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 792 million 796 mingdan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!