JSST diagnostika bo‘yicha yangi qo‘llanmani nashr etdi

JSST diagnostika bo‘yicha yangi qo‘llanmani nashr etdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi keng qamrovli “KXT-11 (Kasalliklarning xalqaro tasnifi)ga kiritilgan ruhiy, xulq-atvor va neyroontogenetik buzilishlar borasida klinik tavsiflar va diagnostika talablari” qo‘llanmasini nashr etdi.

🗂 Ushbu qo‘llanma eng so‘nggi ilmiy ma’lumotlar va ilg‘or klinik amaliyotlar asosida yaratilgan. U psixiatrik va boshqa yo‘nalishlardagi tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislariga ruhiy, xulq-atvor va nerv tizimi buzilishlarini aniqlash va tashxislashda ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan.

🔖 Undan ruhiy salomatlik sohasidagi mutaxassislar va ixtisoslashmagan malakali tibbiyot xodimlari, xususan, birlamchi tibbiy yordam shifokorlari foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, hamshiralar, ergoterapevtlar va ijtimoiy ishchilar, tashxis qo‘yish bilan shug‘ullanmasalarda, ruhiy, xulq-atvor va neyroontogenetik buzilishlarning tabiati va simptomatikasini yaxshi bilishlari lozim. Shu sababdan, qo‘llanma ular uchun ham foydali bo‘ladi.

✅ Eslatib o‘tamiz, JSST tomonidan ishlab chiqilgan o‘n birinchi qayta ko‘rib chiqishdagi Kasalliklarning xalqaro tasnifi (KXT-11) sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni qayd etish va hisobga olishning global standarti hisoblanadi. U butun dunyodagi tibbiyot mutaxassislariga standartlashtirilgan nomenklaturadan va salomatlik muammolarini tavsiflash uchun umumiy asosdan foydalanish imkonini beradi. KXT-11 Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan 2019 yilda tasdiqlangan va 2022 yilda rasman kuchga kirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!