Jo Bayden yana adashdi! U Putinning familiyasini noto‘g‘ri aytdi

Jo Bayden yana adashdi! U Putinning familiyasini noto‘g‘ri aytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaga bag‘ishlangan chiqishida Vladimir Putinning familiyasini noto‘g‘ri aytdi, ammo xatosini zudlik bilan to‘g‘irladi.

“Men, shuningdek, prezident Klutinga… Putinga shuni aniq tushuntirdimki, Qo‘shma Shtatlar Yevropadagi o‘z ittifoqdoshlari va hamkorlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaydi”, – dedi Oq uy rahbari.

Bundan bir necha daqiqa oldin u “eskalasiya” va “vaksinasiya” so‘zlarini adashtirib yubordi. “AQSh Rossiya bilan vaksi… eskalasiya siklini va ziddiyatni boshlamoqchi emas”, – dedi Bayden.

Amerika yetakchisi bunday xatolarga tez-tez yo‘l qo‘yadi. Masalan, mart oyida bo‘lib o‘tgan matbuot-konferensiyasida u Kamala Xarrisni AQSh prezidenti deb atagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!