Jizzaxda hammomda fohishaxona tashkil etgan fuqaroga jinoiy ish ochildi

Jizzaxda hammomda fohishaxona tashkil etgan fuqaroga jinoiy ish ochildi

Jizzax shahrida hammomda fohishaxona tashkil etgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabarigako‘ra, o‘tkazilgan tadbirda 1990 yilda Zomin tumanida tug‘ilgan fuqaro G‘.I.ning hammomda fohishaxona tashkil etgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, G‘.I. hammomda ikki kishiga 80 ming so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 131-moddasi (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!