Jizzaxda bir guruh nashafurushlarga sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda bir guruh nashafurushlarga sud hukmi o‘qildi

Samarqand viloyatida yashovchi E.Talpiyev (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) 2018 yil bahor oylarida o‘zi yashab kelgan Samarqand viloyati hududida joylashgan qarovsiz qolgan chuqur yer maydoniga taqiqlangan ekin, kanabbis o‘simlik urug‘larini qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib, so‘ng o‘simlik maydalarini polietilen paketga solib, dala maydonida joylashgan tut daraxtining kavak qismida saqlab kelib, ushbu giyohvandlik vositasining ozginadan ko‘proq miqdordagi qismini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda 2018 yil 26 noyabr kuni taxminan soat 12-00 larda Samarqand shahrida ozginadan ko‘proq miqdordagi 2,24 gramm bo‘lgan, 2 dona spichki yozuvli gugurt qutilarga qadoqlangan marixuana giyohvandlik vositasini Jizzax shahrida yashovchi SH.Malikovga 400.000 so‘m evaziga sotadi.

O‘z navbatida SH.Malikov 2018 yil 26 noyabr kuni taxminan soat 16-00 larda Samarqandlik E.Talpiyevdan olgan ozginadan ko‘proq miqdordagi 2,24 gramm marixuana giyohvandlik vositasini o‘zi yashab kelgan uyda Jizzax shahrida yashovchi CH.Shakirovga 400.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotadi, shu kuni Huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida CH.Shakirov Jizzax shahar xududida taksida ketayotgan vaqti avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tintuv qilinganda CH.Shakirovning egnida bo‘lgan qora rangli kurtkasining o‘ng cho‘ntagida o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan sellofan paketga solingan 2 dona spichki yozuvli gugurt qutilarga qadoqlangan yashil rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli quritilgan holdagi o‘simlik maydalari, ya’ni 2,24 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida bayonnoma asosida olindi.

Sud kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra CH.Shakirovdan olingan ikki dona spichki yozuvli gugurt qutilariga joylashtirilgan yashil qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidga ega bo‘lgan o‘simlik moddalari, tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu marixuana deyilishi va uning quruq holdagi og‘irligi 2,24 grammga tengligi aniqlangan.

Huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan SH.Malikov ushbu giyohvandlik moddasini Samarqandlik E.Talpiyevdan sotib olganligini ma’lum qilib, E.Talpiyevni ushlashda yordam berishini ma’lum qilingan va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2018 yil 27 noyabr kuni Samarqand shahrida SH.Malikov 1.000.000 so‘m evaziga E.Talpiyevdan besh dona spichki yozuvli gugurt qutilariga joylashtirilgan yashil rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli quritilgan holdagi o‘simlik maydalarini, ya’ni ozginadan ko‘proq miqdordagi og‘irligi 6,4 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasini sotib olgan vaqtida, xolislar ishtirokida E.Talpiyev ushlanib, IIBga olib kelinib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda E.Talpiyevning egnidagi sariq rangli shimining chap yon cho‘ntagida 3 dona qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan yashil rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli quritilgan holdagi o‘simlik maydalari, ya’ni 1,75 gramm marixuana giyohvandlik vositasi va 1.000.000 so‘m pullar borligi aniqlanib, bayonnoma asosida olingan.

Sud kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra E.Talpiyev tomonidan o‘tkazilgan besh dona spichki yozuvli gugurt qutilariga joylashtirilgan yashil qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidga ega bo‘lgan o‘simlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu marixuana deyilishi va uning quruq holdagi og‘irligi 6,4 grammga tengligi aniqlangan.

Sud kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra E.Talpiyevning yonidan olingan uch dona daftar varag‘iga o‘ralgan yashil qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidga ega bo‘lgan o‘simlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu marixuana deyilishi va uning quruq holdagi og‘irligi 1,75 grammga tengligi aniqlangan

Tergov organi tomonidan E.Talpiyev, SH.Malikov va CH.Shakirovlarga nnsbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2019 yil 5 aprel kungi xukmi bilan E.Talpiyev O‘zbekiston Respublikasi JKni 270-moddasi 1-qismiva 273-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan maxrum etish jazosi, SH.Malikov O‘zbekiston Respublikasi JKni 273-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikdan maxrum etish jazosi va CH.Shakirov O‘zbekiston Respublikasi JK 276-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10.136.500 so‘m so‘m jarima jazosi tayinlandi.

E.Qarshiyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!