Jizzax shahridagi 81 mlrd so‘mlik fabrika xatlandi

Jizzax shahridagi 81 mlrd so‘mlik fabrika xatlandi

Jizzax shahridagi «Ip yiguruv» fabrikasi 81 milliard so‘mdan ziyod narxga baholangan mol-mulk xatlandi, deb yozadi Spot.

Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 6 iyul hamda Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 26 iyuldagi ijro varaqalariga asosan «ELEGANS TEKS» qo‘shma korxonasidan soliq qarzdorligi uchun mos ravishda 2 milliard 935 million 617 ming 686 so‘m va 616 millionn 40 ming 415 so‘m jami 3 milliard 551 million 658 ming so‘m qarzdorning mol-mulkiga qaratish bo‘yicha qaror chiqarilgan.

Shunga asosan, Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar davlat ijrosi tomonidan qarzdorning Jizzax shahar, Ko‘tarma MFY, To‘qimachilar ko‘chasi, 7-uyda joylashgan «Ip yiguruv» fabrikasi xatlangan.

Mazkur bino mustaqil baholash kompaniyasi tomonidan 81 milliard 599 million 970 ming so‘mga baholangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!