Jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplagan firibgarga tayinlangan jazo o‘zgartirildi

Jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplagan firibgarga tayinlangan jazo o‘zgartirildi

Firibgarlik - aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Biroq,etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Sudlanuvgan Otabek Tursunov (ism-shariflar va joy nomlari shartli) xavfli residivist bo‘lgani holda, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 2023 yilning avgust oyida jazoni ijro etish muassasasida birga jazo o‘tagan sherigi A.Azizovdan uning oila a’zolariga sog‘-salomat yurganligi haqidagi xabarni yetkazib qo‘yish uchun uning akasi Q.Azizovning telefon raqamini olib, ozodlikka chiqqandan so‘ng Q.Azizovga qo‘ng‘iroq qilib, ukasi haqidagi xabarni aytish orqali uning ishonchiga kirib, ukasi A.Azizovga yaxshi advokat topib berish va uni muddatidan oldin jazoni ijro etish muassasasidan ozodlikka chiqarishga yordam berishi haqidagi yolg‘on va’dalarni berib, aldab buning evaziga undan 1.500.000 so‘m miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

O‘z jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 2023 yilda D.Daliyeva bilan tanishib, u bilan opa-ukadek yaqin munosabatga kirishib, uning yaqinda ukasi vafot etganligi sababli tushkun ahvolga tushib qolganligidan foydalanib, undan qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham pul undirish maqsadida D.Madaliyeva bilan uchrashib, unga o‘zini oshqozonida xastalik bordek, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmasa ahvoli og‘irlashib ketadigandek ko‘rsatib, shu yo‘l orqali D.daliyevaaning rahmini keltirib, bu amaliyot chet elda, keyinroq Qo‘qon shahrida bo‘lishi va buning uchun katta mablag‘ kerakligi, pulni shu yilning mart oyida qaytarishi, hech qanday muammo bo‘lmasligi, sotiladigan yuk mashinasi borligi aytib aldab, uning 41.325.665 so‘mga teng 3.650 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborib, firibgarlik qilganlikda aybli deb topilgan.

Sudlangan O. Tursunov apellyasiya shikoyatida, sud hukmi bilan jabrlangan D.Daliyevagaundirilishi belgilangan moddiy zarar to‘la qoplangani sababli, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘ragan.

Sudlangan O. Tursunov himoyachisiK.Mamadjanov bilan birgalikdagi apellyasiya shikoyatida, sud hukmi bilan jabrlangan D.Daliyevaga undirilishi belgilangan 32.735.539 so‘mga teng 2.650 AQSh dollari miqdoridagimoddiy zarar to‘la qoplangani sababli, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash so‘ralgan.

Sudlov hay’ati, sudlangan O.Tursunov, himoyachi K.Mamadjonov, jabrlangan D.Daliyevaning sud hukmini o‘zgartirib shikoyatlarni qanoatlantirish, prokurorning shikoyatlarni qanoatlantirib, sud hukmini qonunga muvofiqlashtirish haqidagi fikrlarini tinglab, shikoyatlardagi vajlarni jinoyat ishi hujjatlari asosida muhokama qilib, sud hukmini o‘zgartirib, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni to‘liq qoplangani munosabati bilan unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlab, Jinoyat kodeksi 59-moddasining 8-qismi tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudining 2023 yil 9 oktyabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazoga ushbu ajrim bilan tayinlanadigan jazoni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlashni, JKning 62-moddasiga asosan U.Boltaboyevning 2023 yil 9 avgustdan 2023 yil 25 sentyabrga qadar hamda 2023 yil 13 dekabrdan 2024 yil 24 yanvar kuniga qadar qamoqda saqlangan kunining har bir kunini axloq tuzatish ishlari jazosining uch kuniga tenglashtirib, tayinlangan jazodan chegirishni, shikoyatlarni to‘liq qanoatlantirishni lozim topdi.

Toxirjon Vahobov,

Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha

sudlov hay’ati sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!