Jazoir G‘azoga qo‘shin yuborishga tayyor

Jazoir G‘azoga qo‘shin yuborishga tayyor

7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etayotgan Jazoir prezidenti Abdelmadjid Tebbunning aytishicha, Jazoir armiyasi Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegaralar ochilishi bilanoq harakat qilishga tayyor.

Jazoirning shimoli-sharqidagi Konstantin shahrida saylovoldi kampaniyasining to‘rtinchi kunida so‘zga chiqqan Tebbun: «Biz Falastinni, ayniqsa G‘azoni hech qachon tark etmaymiz. Allohga qasamki, agar bizga ruxsat berilsa va Misr va G‘azo o‘rtasidagi chegaralar ochilsa, biz harakat qila olamiz».

Shuningdek, u shunday deb ta’kidladi: «Men va’da berganman, chegaralar ochib, yuk mashinalarimiz kirishi bilanoq armiya tayyor bo‘ladi. 20 kun ichida biz uchta kasalxona quramiz, yuzlab shifokorlarni yuboramiz va sionistlar tomonidan vayron qilingan barcha narsalarni qayta tiklashga yordam beramiz».

❕ Jazoir prezidenti bir necha bor Falastin masalasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirib, buni «muqaddas maqsad» deb atagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!