JAR prezidenti: "Rossiyaga qarshi sanksiyalardan mojaroga aloqador bo‘lmagan davlatlar ham zarar ko‘rmoqda"

JAR prezidenti: "Rossiyaga qarshi sanksiyalardan mojaroga aloqador bo‘lmagan davlatlar ham zarar ko‘rmoqda"

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari Janubiy Afrikaga zarar yetkazishini aytdi.

“Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalardan hatto mojaroga aloqador bo‘lmagan davlatlar ham zarar ko‘rmoqda”, — dedi JAR prezidenti Germaniya kansleri Olaf Sholss bilan muzokaralarda.

Ramafosaning qo‘shimcha qilishicha, Janubiy Afrika Ukraina atrofidagi vaziyatni tezroq diplomatik yo‘l bilan tartibga solish tarafdori.

Avvalroq Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Oleg Ozerov G‘arb Afrika davlatlariga Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikdan voz kechish uchun bosim o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!