Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 12 602 kishiga yetdi

Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 12 602 kishiga yetdi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida yana 49 kishida koronavirus aniqlandi.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 602 kishiga, sog‘ayganlar esa 11 172 kishiga yetdi. COVID-19 qurbonlari soni esa 282 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Seul va uning atrofidagi shaharlarda koronavirus bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Janubiy Koreya Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) rahbari Chon In Gyonning so‘zlariga ko‘ra, Seulda ikkinchi to‘lqin may oyining boshida boshlangan.

Avvalroq italiyalik olim koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda yuz berishi mumkinligini taxmin qilgandi, JSST vakili esa pandemiyaning ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligini ta’minlash mumkinligini bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!