Janubiy Afrika Respublikasidagi yo‘l-transport hodisasida 27 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Afrika Respublikasidagi yo‘l-transport hodisasida 27 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Afrika Respublikasi shimolidagi Limpopo viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 27 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Avtohalokat 19 oktyabrda xalqaro trassada yuz bergan. Sement olib ketayotgan yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, boshqa mashinalar, jumladan 22 kishilik Mercedes Benz mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketgan. Halok bo‘lganlar orasida 2 nafar balog‘atga yetmagan bola bo‘lgan, 4 kishi yaralangan.

Yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlashtirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi mashina g‘ildiragi yorilib ketgandan keyin boshqaruvni yo‘qotgan.

Manab: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!