«Jamiyat puliga binolar qurib, „bu bizga foyda keltiradi“, deb o‘ylaymiz». Iqtisodchi Behzod Hoshimov «kargo-kult» g‘oyasi haqida

«Jamiyat puliga binolar qurib, „bu bizga foyda keltiradi“, deb o‘ylaymiz». Iqtisodchi Behzod Hoshimov «kargo-kult» g‘oyasi haqida

Iqtisodchi Behzod Hoshimov «Ular» loyihasida «kargo-kult» g‘oyasi haqida fikr bildirdi.

«Kargo-kult» — o‘zi uchar jismlar hamda havo xudolariga ishonishni targ‘ib qiluvchi e’tiqod. XIX asrlarda Mikroneziya aholisiga g‘arb mamlakatlari tomonidan samolyotlar orqali oziq-ovqat mahsulotlari yuborilgan. Buning oqibatida esa ular «samolyotlar bizni boqadi», deya ularning kichik modellarini yasab, unga sig‘ina boshlashgan.

«Bendukidzening fikricha, biz sovet tizimidan chiqqan insonlar ham katta «kargo-kult»da yashayapmiz. Masalan, men bir viloyatga borganimda u yerdagi bir odam biror binoni ko‘rsatib, «buni hokim qurgan», deydi. Hokim quruvchimas, me’mormas, qanday qilib yo‘q narsani bor qiladi hokim? Biz davlatni «kargo-kult» kabi qabul qilamiz», — deydi Behzod Hoshimov.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/uz/2021/07/27/hoshimov/?utm_source=push&utm_medium=telegram


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!