Jahon banki: zilzilalar O‘zbekistonga har yili 2 mlrd dollar zarar yetkazadi

Jahon banki: zilzilalar O‘zbekistonga har yili 2 mlrd dollar zarar yetkazadi

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili O‘zbekiston iqtisodiyotiga zilzilalar yetkazadigan zarar 2 milliard dollargacha yetadi. Shu bilan birga, suv toshqini va sel kabi tabiiy ofatlar nafaqat mamlakat iqtisodiyotini, balki madaniy merosini ham vayron qiladi. Buxoroda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Jahon banki tomonidan o‘tkazilgan, O‘zbekistonda madaniy merosni va barqaror turizmni saqlash masalalariga bag‘ishlangan seminarda shu haqda aytildi, deb yozadi «Nuz.uz».

Ayni paytda mamlakatda 20 dan ortiq tarixiy shaharlar bo‘lib, ularning 4 tasi YUNESKO jahon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiradi, shuningdek, 7600 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari ham bor.

Seminar chog‘ida bir qator hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi, ularning asosida mamlakat hukumati «Madaniy meros ob’ektlari va turizm barqarorligini ta’minlashning yetakchi tamoyillari to‘g‘risida»gi hujjatni qabul qilishi mumkin.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!